Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
16 yoshdan kichik yevropaliklarga WhatsApp’dan foydalanish taqiqlandi
WhatsApp messenjeri Yevropa ittifoqida yashovchilar uchun yosh cheklovlarini joriy etyapti – endilikda foydalanuvchi 16 yoshga to‘lganini tasdiqlashi lozim bo‘ladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
O‘zgarishlar Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha umumiy reglamentga muvofiqlik doirasida qabul qilindi, u joriy yilning mayida kuchga kiradi. Bu qaror YeI barcha fuqarolari shaxsiy ma'lumotlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan.
Yangi qoidalar yaqin bir necha hafta ichida kuchga kiradi. WhatsApp jamoasi foydalanuvchi 16 yoshdan katta ekanini aynan qanday isbotlashiga oydinlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhatsApp hammuassisi foydalanuvchilarni Facebook’ni o‘chirib tashlashga chaqirgandi.
Mavzuga oid
17:18 / 28.06.2026
Yevropada noodatiy jazirama kuzatilmoqda – suratlar
08:22 / 26.06.2026
Yevropada elektromobillarni eng ko‘p qaysi mamlakatlar xarid qilmoqda?
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026