Foto: muslim.uz

Nuriddinov Yo‘ldoshbek Ibrohim o‘g‘li 1995 yil 9 yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanining Kenagas qishlog‘ida tavallud topgan.

Dastlabki Qur'on ta'limini Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida istiqomat qiluvchi Ne'matulloh qori Aminjon Eshondan olgan. 2001-2010 yillarda umumta'lim maktabida, 2010-2014 yillarda Nukus shahridagi Al-Beruniy o‘rta maxsus Islom bilim yurtida tahsil olgan. Ilk Qur'on xatmini 2004 yili Ramazon oyida Nukus shahridagi «Imom eshon Muhammad» jome' masjidida ado etgan.

Foto: muslim.uz
Foto: azon.uz

2015 yildan hozirga qadar imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabasi.

Yutuqlari:
- 2008 yili o‘smirlar o‘rtasidagi shaxmat turnirida viloyat bosqichida ishtirok etgan;
- 2008 yili Kamalak Bolalar Tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan «Olg‘a sardorlar» bahsida viloyat bosqichida ishtirok etgan;
- 2011 yili XXI respublika Qur'on musobaqasi sovrindori;
- 2012 yili XXII respublika Qur'on musobaqasi sovrindori;
- 2013 yili Kuvayt davlatida bo‘lib o‘tgan 4-davra xalqaro Qur'on musobaqasida nufuzli ishtirok etib, eng peshqadamlar o‘ntaligidan joy olgan;
- 2016 yili Toshkent Islom institutida o‘tkazilgan «Qur'on ziyofati» ko‘rik tanlovi g‘olibi;
- 2016 yili Toshkent Islom institutida o‘tkazilgan ilk azon aytish musobaqasi g‘olibi;
- 2018 yili «O‘zbekiston Qur'on musobaqasi-2018»ning mutlaq g‘olibi, oliy o‘rin sohibi.