O‘zbekiston Eronga qarshi o‘yinga legionerlarni jalb qilmaydi
17 may kuni Eron va O‘zbekiston milliy terma jamoalari Tehronda xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi belgilab qo‘yilgandi.
O‘FA hamda PFL o‘z rejalarini shunga moslashtirdi. Biroq, keyinroq Eron o‘yinni 19 may sanasida o‘tkazishni so‘radi. Natijada, bu bellashuvning o‘tishi so‘roq ostida qoldi.
O‘zbekiston terma jamoalariga javobgar bo‘lgan murabbiylar JCh—2018 uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoaga qarshi o‘yinni foydali deb hisoblab kelayotgandi. Mazkur bellashuv Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar uchun navbatdagi maktab vazifasini o‘tab berishi mumkin edi.
Shundan kelib chiqib, O‘FA terma jamoalarga nisbatan ko‘proq futbolchilarini berayotgan Superliga klublari bosh murabbiylari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda "Paxtakor" ustozi Shota Arveladze, "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev, "Bunyodkor" yetakchisi Mirjalol Qosimov hamda "Navbahor" natijalari uchun javobgar bo‘lgan Ilhom Mo‘minjonov ishtirok etdi. Shuningdek, yig‘ilishda PFL vakillari ham qatnashdi.
Yakunda Eron futbol federatsiyasi bilan kelishuv o‘z kuchida qoldi. O‘yin 19 may sanasiga surilgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston termasi Tehronga boradi. Faqat bunda O‘zbekiston termasiga legioner futbolchilar jalb etilmaydi va asosan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar xizmatidan foydalaniladi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024