Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zganing tilla taqinchoqlarini o‘zlashtirgan firibgar ayol ushlandi
Soxta tilla taqinchoqlar evaziga o‘zganing tilla taqinchoqlarini o‘zlashtirgan firibgar ayol ushlandi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 2018 yil 17 yanvar kuni soat 12:00larda “Laylo” ismli ayol firibgarlik yo‘li bilan Parkent tumanida yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor, 1980 yilda tug‘ilgan N.Yu.ning uyida uning ishonchini suiiste'mol qilib, N.Yu.ga 39 gramm og‘irlikdagi tilla zanjirni 4.000.000 so‘mga sotaman yoki 15 gramm tilla zanjirga almashtiraman deb aldab, N.Yu.dan 15 gramm og‘irlikdagi tilla zanjirni olib, evaziga 39 gramm sariq metalldan yasalgan soxta tilla taqinchoqlarni berib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan “Laylo” ismli shaxsi noma'lum ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uni shaxsini aniqlash va ushlash choralari ko‘rildi.
Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi, muqaddam firibgarlik, o‘g‘irlik va boshqa turdagi jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan, 1978 yilda tug‘ilgan K.S. sodir etganligi aniqlanib, u hozirda Farg‘ona viloyatida sodir etgan jinoyati uchun qamoqqa olinib, tergov hibsxonasida saqlanayotganligi aniqlangan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
12:11
28 mln so‘mlik jarimani “yo‘q qilib berish”ni va’da qilgan yuriskonsult ushlandi
10:52 / 13.12.2025
48 jabrlanuvchiga 12,5 mlrd so‘m zarar – “Bilol's motors” avtosaloni rahbari 9 yilga qamaldi
13:55 / 11.12.2025
Jizzaxda bedarak yo‘qolgan IIB xodimi Bo‘stonliqdan topildi. U firibgarlikda gumonlanmoqda
12:53 / 08.12.2025