Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida Elektr energiyasidan foydalaniş qoidalariga kiritiladigan özgartirişlar va qöşimçalar loyihasi e'lon qilingan.
 
Norma’ning yozişiça, birinçidan, Majburiy ijro byurosi (bundan keyin – Byuro) iste'molçi bilan birgalikda har oy hisobga oliş priborlaridan körsatmalar olişi tartibini tatbiq etiş taklif qilinmoqda. Bu elektr energiyasi iste'molining haqiqiy hajmini aniqlaş va zarurat tuğilganda hisobga oliş priborlarining ulaniş sxemalarini tekşiriş uçun zarur.    
 
Ikkinçidan, maişiy iste'molçilar va iste'molçi – yuridik şaxslar uçun namunaviy şartnomalar Qoidalardan çiqarib taşlanadi. Şartnomalarni «Özbekenergo» AJ işlab çiqadi, «Özdavenergonazorat» inspeksiyasi keyinçalik huquqiy ekspertizadan ötkazgan holda tasdiqlaydi.
 
Uçinçidan, maişiy iste'molçilarda barça zamonaviy elektron hisobga oliş priborlari hududiy elektr tarmoqlari korxonalari (bundan keyin – HETK) mablağlari hisobiga sotib olinadi, örnatiladi, röyxatdan ötkaziladi, davriy davlat qiyoslovidan ötkaziladi va plombalanadi. Bu mavjud (şu jumladan induksion) hisoblagiçlarga ham taalluqli. Ilgari faqat Elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimiga ulanadigan maxsus elektron hisoblagiçlar bepul örnatilgan.  
 
Törtinçidan, tölov hujjatida xatolik yoki hisoblagiç körsatkiçlarida noaniqlik borligi aniqlanganda, HETK Byuro bilan birgalikda hisob-kitoblarning töğriligini tekşiradi, şuningdek hisobga oliş priborini közdan keçiradi (zarurat tuğilganda). Şu örinda uşbu tartib amaliyotda qöllanilayotganligini qayd etib ötamiz.
 
Beşinçidan, elektr energiyasidan reklama, çiroqlar bilan bezatiş, bino va inşootlarni yoritiş uçun foydalanişga HETKdan ruxsat oliş tartibi bekor qilinadi. Bundan taşqari, elektr energiyasidan texnologik maqsadda isitiş, tijorat maqsadida ovqat tayyorlaş, şuningdek xonalarni isitiş va issiq suv ta'minoti maqsadida foydalanişga «Özdavenergonazorat» inspeksiyasining roziligini oliş uçun texnik-iqtisodiy asoslar taqdim etişga töğri kelmaydi.