Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya AQSh sanksiyalari bo‘yicha Yevroittifoqdan umid qilmoqda
Foto: RIA Novosti /Sergey Guneyev
Rossiya Yevroittifoq AQShni cheklovlarni yumshatishga ko‘ndirishidan umid qilmoqda. Bu haqda Reuters Rossiya Moliya vazirligidagi manbaga asosan xabar berdi.
«Hamma GFR kansleri Angela Merkel AQSh prezidenti Donald Tramp bilan qoidalarni o‘zgartirish borasida kelishib olishi imkoniyatiga qaramoqda. Bu qoidalarni o‘zgartirish uchun kerak. Aynan shuning uchun Rossiya javob tariqasida barcha qurolidan foydalanmayapti», - degan manba.
O‘z navbatida, Rossiya hukumatiga yaqin bo‘lgan manbaning aytishicha, «Rusal»ga qarshi sanksiyalar Rossiya uchun syurprizga aylandi.
«Biz bosim bunday darajada bo‘lishini kutmagandik, biroq G‘arb ham buni kutmagandi», - deya aytib o‘tgan agentlik suhbatdoshi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada AQSh sanksiyalari ijrosi uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
10:10 / 16.05.2026
AQSh va Eron o‘rtasidagi “ko‘prik” - Asim Munir qay tarzda asosiy vositachiga aylandi?
09:34 / 16.05.2026
Eron Rossiyaga uran topshirish bo‘yicha muzokaralarni tasdiqladi
08:43 / 16.05.2026