Qozon mintaqaviy aloqa markazi xodimlari Safe Train ilovasini taqdim etişdi, ilova foydalanuvçining temir yölga yaqinlaşayotganidan ogohlantirib, musiqa tinglaş funksiyasini bloklaydi. U birinçi navbatda bolalar va ularning harakatlanişini nazorat qilişi mumkin bölgan ota-onalarga möljallangan.

Yangi ilovaning işlab çiqilişiga bolalar travmatizmi tahlili sabab böldi. Ilova mualliflarining sözlariga köra, temir yöllardagi ölim va jarohatlarning asosiy sabablaridan biri - quloqçinlarda musiqa tinglaş yoki video tomoşa qiliş. Ularning aytişiça, Tataristonda temir yöl zonalarida 37 kişi jabrlangan, ulardan 28 nafari halok bölgan. Umumiy hisobda olganda, Rossiya böyiça temir yöllarda jabrlanganlar soni 2500 kişini taşkil qiladi, ulardan 1700 dan ortiği halok bölgan.

Safe Train mualliflarining ta'kidlaşlariça, ilova foydalanuvçini xavf yaqinlaşayotganidan ikki marta ogohlantiradi. Temir yöl hududiga 70 metr qolganda foydalanuvçi "sariq zona"ga tuşadi: unda mediakontent bloklanadi. Foydalanuvçi "qizil zona" - 50 metrga yaqinlaşganida esa qurilmada ovozli va vibratsiyali xabar paydo böladi. 

Safe Train internetsiz ham işlay oladi. Ilova şuningdek ota-onalarga farzandini nazorat qiliş imkonini beradi. Hozirça Safe Train ilovasini faqat törtinçi versiyadan boşlangan Android-smartfonlarga yuklaş mumkin.