Toşkent şahar hokimi lavozimida işlab kelgan Rahmonbek Jahongiroviç Usmonov vazifasidan ozod etildi. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Rahmonbek Jahongiroviç Usmonov Özbekiston avtomobil transporti agentligi boşliğining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan. Ayni damga kelib Toşkent şahriga kim yangi hokim etib tayinlanişi haqida xabarlar hozirça yöq.

Rahmonbek Usmonov 1960 yil Toşkent şahrida tuğilgan, Toşkent avtomobil yöllari institutini tamomlagan. Bundan avval Yakkasaroy tumani hokimi, Toşkent şahar hokimining örinbosari sifatida işlagan. «Mehnat şuhrati» ordeni davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Eslatib ötamiz, Usmonov 2012 yilda Toşkent şahar hokimi vazifasiga tayinlangan.