Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning yanvar – martida Qoraqalpog‘iston Respublikasi YaHM hajmi joriy narxlarda 2 294,2 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2017 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8%ga o‘sdi. YaHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 2,0% (YaHM tarkibidagi ulushi – 3,5%), sanoat – 4,3% (40,1%), qurilish – 19,1% (8,8%), xizmatlar sohasi – 4,8% (47,6%) kabi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur'atlari bilan bog‘liq. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 1 243,5 ming so‘mni tashkil etdi va 4,3%ga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Andijon viloyati bo‘yicha YaHM joriy narxlarda 3 013,3 mlrd so‘mni tashkil etdi va 8,9%ga o‘sdi. Iqtisodiy o‘sish qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 1,7 % (YaHM tarkibidagi ulushi - 7,5%), sanoatda - 25,6% (33,6%), qurilishda – 3,7% (5,9%), xizmatlar sohasida – 4,4% (53,0%) kuzatilgan ijobiy o‘sish sur'atlari natijasida ta'minlandi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 999,0 ming so‘mni tashkil etdi va 7,1%ga o‘sdi.
Buxoro viloyatida YaHM hajmi 0,4%ga kamaydi va 2 599,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. YaHMning tarmoq tarkibida o‘sish sur'atlari: qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 3,8% (YaHM tarkibidagi ulushi – 11,9%), xizmatlar sohasida – 4,9% (51,2%)ni tashkil etdi. Shuningdek, 2017 yilning mos davri bilan taqqoslaganda sanoatda – 97,9% (28,6%) va qurilishda – 76,6% (8,3%) hajmlarning kamayishi kuzatildi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 1,8%ga kamaydi va 1 388,4 ming so‘mni tashkil etdi.
Jizzax viloyatida YaHM 2,8%ga o‘sdi va 1 233,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur'atlari qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 0,7% (YaHM tarkibidagi ulushi - 15,2%), qurilishda – 0,4% (11,1%), xizmatlar sohasida – 5,3% (54,4%)ni tashkil etdi. Sanoatda ishlab chiqarish hajmining 1,8%ga kamayishi kuzatildi. Ushbu tarmoqning YaHMdagi ulushi 19,3%ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YaHM hajmi 929,1 ming so‘mni tashkil etdi va 0,9 foizga o‘sdi.
Qashqadaryo viloyati yalpi hududiy mahsuloti 5,1% ga o‘sdi va 4 084,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. YaHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur'atlari bilan bog‘liq. Jumladan: qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 0,8% (YaHM tarkibidagi ulushi – 6,8%), sanoatda – 7,0% (45,9%), qurilishda – 1,7% (7,6%), xizmatlar sohasida – 4,5%ni (39,7%) tashkil qildi. Aholi jon boshiga YaHM 3,1%ga o‘sdi va 1 294,9 ming so‘mni tashkil etdi.
Navoiy viloyatida YaHM o‘sishi 3,2%ni tashkil etdi va 3 859,9 mlrd so‘mga etdi. YaHM tarmoq tarkibida o‘sish sur'ati qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 3,2 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 6,5 %), sanoatda – 0,3 % (69,1 %), qurilishda – 12,0 % (4,2 %), xizmatlar sohasida – 8,1 % ni (20,2 %) tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 1,6 % ga o‘sdi va 4 022,0 ming so‘mni tashkil etdi.















