Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zga chiqadi
Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an joriy yilning 29 aprel kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelishi haqida avval xabar berilgandi.
O‘zA’ning yozishicha, tashrif doirasida Turkiya prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida so‘zga chiqadi.
Prezidentlar O‘zbekiston va Turkiyaning yetakchi banklari, kompaniya va firmalari rahbarlarining qo‘shma biznes forumida ham ishtirok etadi.
Tashrif dasturidan Turkiya delegatsiyasining Buxoro shahrida bo‘lishi ham o‘rin olgan.
O‘zbekiston – Turkiya muzokaralari yakunida prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarning joriy holati va uni jadal rivojlantirish masalalari aks etgan Qo‘shma bayonotni imzolashi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026