Xitoydagi kinoteatrlar va onlayn-premeralar qiluvçi saytlar egalari hukumatning "Ajoyib Xitoy" milliy filmini prokatdan olişga doir talabi haqida ma'lum qilişdi. Kartinada AQŞ sanksiyalar joriy qilgan ZTE kompaniyasi nomi ham tilga olingan. China Digital Times va Asia Times kabi qator naşrlarda şu haqida xabar berildi.
"Ajoyib Xitoy" — Si Tszinpin hukumat tepasiga kelganidan keyingi Xitoyning texnologiyalar, ilm-fan va harbiy sanoat sohalaridagi uluğvorligi haqida sözlovçi 90 daqiqalik hujjatli film. Kartina mart oyida prokatga çiqdi va kassa yiğimlari böyiça rekordni yangilab, 70 million yuan (75 million dollar) keltirişga ulgurdi.
Mahalliy OAVda filmni Kommunistik partiyaning barça a'zolari va amaldorlar tomoşa qilgani, şuningdek maktab öquvçilari va talabalar ham olib borilayotgani haqida yozilgan.
Manbada ta'kidlanişiça, "Ajoyib Xitoy"da asosiy urğu Tszinpinning Xitoy iqtisodiyoti va IT-sohasi muvaffaqiyatiga körsatgan ta'siriga qaratilgan. Aksariyat kompaniyalar öz xodimlarini kartinani körişga majburiy yuborişgan.
Maoyan reyting sayti unga maksimal 10 balldan 9,6 ball qöygan, uning raqibi Douban esa baholaş tizimini öçirib qöygan.
AQŞ savdo vazirligi ZTE kompaniyasiga yetti yillik taqiq qöydi. Kompaniya Amerika sanksiyalaridan norozi bölib, bu muammoni hal qilmoqçi ekanini ma'lum qilgan.












