Respublika bojxonaçilari tomonidan tarkibida rangli metallar bölgan uskunalar, parçalar va çiqindilarni qabul qiladigan noqonuniy punktlar faoliyat körsatişi, şuningdek yuridik va jismoniy şaxslarning ularni töplaş, tayyorlaş, saqlaş, foydalaniş hamda topşiriş hamda ularni mamlakat taşqarisiga noqonuniy olib çiqib ketişga qaratilgan harakatlarning oldini oliş borasida qator çora-tadbirlar olib borilmoqda.

Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boşqarmasi Sirdaryo çegara bojxona postining Oqoltin çegara ötkaziş punktida qöşni davlatga çiqiş oldidan Özbekiston Respublikasi fuqarosi X.I. boşqaruvidagi “Neksiya” yengil avtotransport vositasi bojxona körigidan ötkazilganida navbatdagi bojxona qoidabuzarligi foş böldi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto:  Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati

Bojxonaçilarning közini çalğitişga urinib, uşbu şaxs avtomaşina orqa bamperining içki qismida oldindan maxsus tayyorlangan va kuzovga mahkamlangan xufiyona “böşliqlar”ga 148 kg oğirlikdagi mis rangli metall parçalarini yaşirgança, olib çiqmoqçi bölganligi aniqlandi.

Hozirda uşbu holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari va suriştiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 oktabrdagi “Rangli metall parçalari va çiqindilarini töplaş, topşiriş xamda qayta işlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 849-son qaroriga asosan, Davlat bojxona qömitasiga ham işlab çiqariş-texnik, maişiy va boşqa buyumlar parçalari hamda rangli metall çiqindilarining respublika taşqarisiga noqonuniy olib çiqilişining oldini oliş böyiça doimiy ravişda tezkor tadbirlar ötkaziş yuklatilgan.