Bugun, 26 aprel kuni Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan sana. Xalq orasida uning şe'rlari doim sevilib mutolaa qilingan, çunki şe'rlardagi satrlar xalqçil, sodda va şu bilan birga odamlar dardiga suvalib yozilgan.

Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tuğilgan. Özbekiston xalq şoiri (1998). Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan (1978). Ilk şe'rlar töplami — «Taniş teraklar» (1985). «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari» (1989), «Işq kemasi» (1990), «Könglimda bir yor» (1991), «Bevafo köp ekan», «Yolğonçi yor» (1993), «Erka kiyik» (1995), «Osmonimga olib ketaman» (1998), «Uluğimsan, vatanim» (2004) kabi şe'riy kitoblari naşr etilgan. 2001 yil 31 iyulda Ellikqal'a tumanida vafot etgan.

ONAJON

Topmoq yöqotmoqdir, yöqotmoq topmoq.
Sen sölib, men yaşnab tölişimga boq.
Sensiz topganimdan köproq yöqotdim,
Sen meni yupatding, seni yiğlatdim.
Sen meni yaratding, seni tugatdim.
Uyalmay ona deb kelişimga boq!

Soğinç haqda şe'rlar yozdim özimça,
Mendan peşonangda doğlar tizimça.
Öğil bölmay ölay, attang, ming attang,
Qiz tuğsang netardi, köproq qiz tuğsang.
Tirgak bölolmadim bitta qizingça,
Uyalmay şoirman deyişimga boq!

Joningdan aylanay turgin jonajon,
Yöl qarab böldimi jigarginang qon?
Boqma közlarimga bemajol, xasta,
Meni topganlarim gulmi bir dasta.
Yöqotganim... Yöqotganim endi senmi onajon,
Öz etimni özim yeyişimga boq!

Bilsang... Bilsang yuragimni bir alam elar,
Buyursang qölimdan kelmaydi nelar.
Ayt, piçan yiğaymi, ötin yoraymi,
Yerni haydayinmi, kök ağdaraymi?