Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari Rossiyaga Suriya bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
Foto: gazeta.ru /ALLISON SHELLEY
Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Rossiya hukumatini BMT shafeligida Suriyadagi harbiy mojaroga yechim topish bo‘yicha Jyeneva jarayonini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
«Barchamiz Jyeneva jarayonini qo‘llab-quvvatlashimiz kerak va bu inqirozga diplomatik yechim topishga harakat qilishimiz lozim. BMT bosh kotibi maxsus vakili Staffan de Mistura Rossiya ham, agarda Yaqin Sharqda vaziyat barqarorlashiga yo‘l topishni istasa, yordam berishi kerakligini bildirmoqda», - deya aytib o‘tdi Mettis Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman bilan uchrashuv davomida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon Rossiya Bosh shtabi tomonidan qanotli raketalar bo‘laklari ko‘rsatilganiga izoh bergandi. Ular Suriyaga koalitsiya kuchlari tomonidan uchirilgan edi. AQSh harbiy mahkamasi rasmiy vakili Erik Paon buni «Rossiyaning yolg‘on axborot tarqatish bo‘yicha kampaniyasiga doir navbatdagi misol» deb atadi.
Mavzuga oid
17:22 / 03.04.2026
Pit Hegset uch nafar yuqori martabali generalni iste’foga chiqardi
10:35 / 03.04.2026
Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarilishi mumkin
09:04 / 03.04.2026
Rossiya benzin eksportini iyul oxirigacha to‘xtatdi
18:59 / 02.04.2026