Har yili bahorning avj pallasi, qizğaldoqlar qirga alvon sepini yoygan payt - 26 aprel kuni özbekning erka şoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kunni keng nişonlaymiz.

Sana oldidan Özbekistonning barça hududlarida xalq şoiriga bağişlangan adabiy tadbirlar, nazm va navo keçalari bölib ötadi.

Şoirning qizi Madinabonu öz arxividan hali ommaga taqdim etilmagan fotosuratlarni bizga ilindi.

“Yillar ötgan sayin ulğayyapman çoği, dadamning şe'rlarini har safar takror öqiganimda yangi-yangi ma'no uqayotganim rost. Men bu jarayonni – anglaş deya atagan bölardim. Öqiyveraman va: “ Mana bu şe'rida dadam mana bu gapni aytmoqçi bölgan ekan-da?..” deya özim uçun yangilikni kaşf etaman. Özi suygan xalqning köz oldiga padarimning siymosi yana bir kelsin, deb yiqqan suratlarimni sizlar bilan baham kördim.

Balki, bu suratlarni kimdir oldin ham körgandir. Lekin, keng jamoatçilik emas. Arxivim yil sayin dadam hayotligida birga suratga tuşgan insonlardan olingan esdaliklar bilan boyib bormoqda”,-deydi Madina.

E'tiboringizga mazkur suratlarni havola etamiz.