AQŞ senati razvedka böyiça qömitasi raisi örinbosari Mark Uornerning fikriça, Rossiya kibermakonda Qöşma Ştatlardan ustunlik qilyapti. Bu haqda u CNN telekanaliga aytib ötdi.

«Biz yaqindagina 700 mlrd dollardik harbiy byudjyetni qabul qildik va meni şu qiziqtirmoqda - XX asrga mos keladigan qurollarni xarid qilmayapmizmi? Rossiyada harbiy byudjyet 68 mlrd dollarga teng va u ma'lumot almaşiş, yolğon axborot tarqatiş hamda kibermakonda ança kuçliroq», - deya aytib ötdi Uorner.

Senatorning ta'kidlaşiça, Amerika hukumati 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralaşuv aynan qanday yuz berganini hamon tuşunişga harakat qilmoqda. Qöşma Ştatlar hukumati saylovlarga rossiyalik hakerlar aralaşgani haqida bir neça marta ma'lum qildi, Kreml bu xabarlarni rad etib keldi. Uning fikriça, aynan öşa ijroçilar AQŞda 2018 va 2020 yillarda bölib ötadigan saylovlarga aralaşişga harakat qilib köradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Davlat departamenti öz xodimlarini idoraga yuz berişi mumkin bölgan ehtimoliy kiberhujumlar haqida ogohlantirgandi.