Özbekistonlik professional boksçi Şohjahon Ergaşev AQŞning Bruklin şahrida navbatdagi jangini ötkazdi.

Jang şu kunga qadar vakant bölib turgan WBA International çempionlik kamari uçun bölib ötdi va unda Ergaşevga xitoylik Vang Jimin ( 12 jang, 10 ğalaba, 2 mağlubiyat) raqiblik qildi.

Ön raundga möljallangan jang ğolibi oçkolar hisobiga köra aniqlandi. Barça raundlarni ustunlik bilan ötkazgan Ergaşev raqibi ustidan ğalabaga erişdi. Hakamlar 100:90, 99:91, 100:90 hisobidagi ğalabani Şohjahonga taqdim etişdi. Natijada Şohjahon Ergaşev faoliyatidagi ilk — WBA International çempionlik kamari sohibiga aylandi.

Ergaşevning bu 12 jangi edi. Ketma-ket 11 marta raqiblarini nokautga uçratgan Şohjahon bu safar faoliyatida ilk bor jangini töliq ötkazdi va oçkolar hisobiga köra, ğalaba qozondi.