Light | 00:16 / 30.04.2018
41648
2 daqiqa o‘qiladi

Immunitetni 3 kunda qanday mustahkamlash mumkin?

Janubiy Kaliforniya universiteti olimlari immunitetni bor-yo‘g‘i 3 kunda mustahkamlashning usulini topishdi. Bu kashfiyot inson organizmini “qayta yuklash”ga imkon beradi, biroq bu amaliyotni o‘tkazish uchun qat'iy tartib-intizom talab etiladi.

Mutaxassislar tegishli tadqiqotlar o‘tkazishgan. Uning natijalari immunitetni mustahkamlash uchun kunduzi iste'mol qilinuvchi oziq-ovqat kaloriyasini ancha kamaytirish lozimligini ko‘rsatgan. Olimlarning aytishicha, qisqa vaqt och qolish organizm uchun foydali.  

Buning siri shundaki, kam vaqt ichida och qolish organizmdagi shikastlangan hujayralardan forig‘ bo‘lish jarayonini ishga tushiradi.

Mutaxassislar bir guruh odamlar ortidan 6 oy kuzatuv olib borishgan. Ularni 2-4 kun och qolish organizmga qanday ta'sir qilishi qiziqtirgan.

Bu kuzatuv immunitetni mustahkamlashning eng samarali usuli 3 kunga ovqat yeyishdan voz kechish hisoblanishini ko‘rsatgan. Olimlar och qolishdan keyin yana ovqatlanishga o‘tish vaqtida asos hujayralar yangi leykotsitlar hosil bo‘lishi faollashgani hisobiga immunitetni “qayta yuklashini” o‘rnatishgan.

Mavzuga oid