02:34 / 30.04.2018
19600

La Liga. "Barselona" muddatdan oldin Ispaniya chempioni bo‘ldi

Ispaniya chempionatining 35-turining so‘nggi uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. 

Foto: Twitter/LaLiga

"Deportivo" maydoniga safar qilgan "Barselona" 2:4 hisobida g‘alaba qozonib, muddatdan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu kataloniyalik uchun ushbu musobaqadagi 25-sovrin bo‘ldi.

Mezbonlar safida Peres hamda Cholak 1tadan gol urgan bo‘lsa, kataloniyaliklar tarkibida Messi hettrik qayd etdi, yana bir gol Koutino tomonidan kiritildi. 

Foto: Twitter/LaLiga
Foto: Twitter/LaLiga

Deportivo – Barselona 2:4

Gollar: 0:1 – 7 Koutino, 0:2 – 38 Messi, 1:2 – 40 Peres, 2:2 – 64 Cholak, 2:3 – 82 Messi, 2:4 – 85 Messi.
Deportivo – Martines, Albentosa, Luizinyu, Xuanfran, Sher, Cholak, Gilerme (Muntari, 83), Borxa Vale (Kartabiya, 86), Borxes (Andone, 86), Kron-Deli, Peres.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Umtiti, Rakitich (Inesta, 87), Buskets, Koutino (Paulino, 74), Dembele (Denis Suares, 68), Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Sher (20), Nelson Semedu (58).

Top