Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhammad Saloh va Misr futbol federatsiyasi o‘rtasida nizo kelib chiqdi
«Liverpul» klubi va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh bilan mamlakat futbol federatsiyasi o‘rtasida nizo kelib chiqdi, deb yozadi Yahoo Sport.
25 yoshli futbolchi o‘zining imijidan beruxsat foydalanilgani, ya'ni fotosurati Misr terma jamoasi samolyotiga tushirilganidan norozi bo‘lgan. Samolyot terma jamoa homiysi - WE mobil operatori tomonidan taqdim qilingan. Saloh esa bu kompaniyaning raqobatchisi– Vodafone kompaniyasi bilan shaxsiy shartnomaga ega.
«Kechirasizlaru, bu jiddiy xato. Men bu voqeaning ijobiy hal bo‘lishidan umidvor edim», – deb yozdi Saloh tvitter sahifasida.
Futbolchining agenti Ramiy Abbos gapiga ko‘ra, Misr futbol federatsiyasi futbolchi bilan aloqaga chiqmayapti va muammoni bartaraf qilish uchun hech qanday chora ko‘rmayapti.