Milliy matbuot markazida “O‘zstandart” agentligi tomonidan Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlari haqida matbuot anjumani tashkil etildi.

AQShning izlanishlar markazi o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekiston oziq-ovqat “xavfsizligi” reytingida dunyoda 64-o‘rinni egalladi. Bir yil oldin O‘zbekiston 75-o‘rinda edi.

O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida samarali ishlar olib borilayotganligi sababli, mamlakat dunyo reytingida yuqoriladi.

Bu borada “O‘zstandart” agentligi, “Respublika SSM” DK tomonidan ham amaliy ishlar olib borilmoqda, jumladan:

laboratoriyalarni moddiy texnik bazalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy uskunalar bilan ta'minlash;

xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.