Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilda endi bosh vazir va mudofaa vaziri urush e'lon qilish vakolatiga ega
Isroil parlamenti tor doiradagi xavfsizlik kabineti, favqulodda holatlarda esa – bosh vazir va mudofaa vaziriga urush yoki yirik harbiy amaliyotni boshlash haqida e'lon qilish vakolatlarini berdi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar qilgan.
"Parlament plenumi kechqurun ikkinchi va uchinchi o‘qishlarda “Asosiy qonun: Hukumat”ga “Urush yoki jangovar harakatlarni e'lon qilishga vakolatlar” bo‘yicha tuzatishni ma'qulladi, - deya aytib o‘tishgan matbuot xizmatidan. – favqulodda holatlarda, kabinet a'zolarining tegishli miqdorini chaqirish imkoni bo‘lmaganida, bosh vazir yoki mudofaa vaziri urush e'lon qilish haqidagi xabarni birgalikda qabul qila oladi". "Bosh vazir va mudofaa vaziriga shunday qarorni qabul qilishga turtki bergan holatlar bayonnoma bilan qayd etilishi kerak", - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan parlament matbuot xizmatidan.
Shuningdek xabar qilinishicha, tasdiqlangan qonunchilik alohida vaziyatlarda "tor doiradagi harbiy-siyosiy kabinetga urush yoki yirik harbiy amaliyot boshlashni e'lon qilish bo‘yicha vakolatlar beradi". "Harbiy harakatlarni boshlash haqidagi qarorni qabul qilish uchun majlisda kabinet a'zolarining yarmi bo‘lishi ham yetadi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan idoradan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
10:45 / 27.06.2026