Fan-texnika | 08:37 / 01.05.2018
5655
2 daqiqa o‘qiladi

WhatsApp hamasoschisi Facebook bilan ziddiyat tufayli kompaniyani tark etdi

Yan Kum /Foto: Reuters

The Washington Post gazetasi manbalari ma'lumotiga ko‘ra, WhatsApp asoschisi Yan Kum kompaniyani Facebook rahbariyati bilan servisning bundan keyingi rivoji bo‘yicha turlicha pozitsiyalar tufayli tark etadi. Kompaniya shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish va shifrlanish darajasini pasaytirishga urinib ko‘rdi. Kum lavozimidan aniq qachon ketishi noma'lum.

Xabar qilinishicha, Kum Facebook direktorlar kengashidagi lavozimini ham topshiradi. U kengashda Facebook tomonidan xarid qilingan kompaniyani boshqargan yagona a'zo edi, undan tashqari u yerda Facebook’ning yana ikki amaldagi xodimi bor - Mark Tsukerberg va Sheril Sendberg.

Kum manbalar ma'lumotini tasdiqlab, feysbukdagi o‘z sahifasida ketayotganini e'lon qildi. U ko‘plab minnatdorlik so‘zlarini aytdi, biroq Facebook’ni umuman tilga olmadi. Ammo Mark Tsukerberg izoh qoldirib, Kumga ishi uchun minnatdorlik bildirdi.

«Men tanaffus olib, texnologiyalar dunyosidan tashqarida bo‘lgan narsalar bilan shug‘ullanaman – masalan, havo sovutgichli noyob Porsche’ni kolleksiya qilish, frisbi o‘ynash va mashinalarim ustida ishlash. Biroq, WhatsApp’ni qo‘llab-quvvatlashda davom etaman», - deya aytib o‘tdi WhatsApp hamasoschisi Yan Kum.

Mavzuga oid