27 aprel kuni Toshkent arxitektura qurilish kollejida talabalar orasida quruq qurilish bo‘yicha kasb mahorati 5-hududiy tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchilari O‘zbekistondagi KNAUF va O‘MKT Markazidir. Ushbu tanlovni o‘tkazishdan maqsad – ishchi kasblarni ommalashtirish va mutaxassislar kasbga oid tayyorlovi darajasini oshirishni qo‘llab-quvvatlashdir.

Foto: KNAUF

Tanlov yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Marg‘ilon qurilish kasb-hunar kolleji jamoasi egalladi. G‘olib jamoa Ukrainada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan mahorat xalqaro tanlovida ishtirok etadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa Buxoro viloyatining Jondor qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji va Toshkent arxitektura qurilish kasb-hunar kollejlari vakillari egallashdi.

Tanlovda  ishtirok etish uchun ikki ishtirokchi – o‘rta professional o‘quv muassasaning 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilari hamda bitta hamroh shaxsdan tashkil topgan jamoalar qabul qilinadi.  Bunda g‘olib 1-o‘rinni qo‘lga kiritadi, sovrindorlar esa 2- va 3- o‘rinlarni egalashadi.  Ϝolib va sovrindorlarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.

Tanlov texnologiyalar va qator qo‘shimcha mezonlarga amal qilib bajariladigan ishlarni baholash bilan boradigan, nazariy va amaliy topshiriqlarni bajarishni ko‘zda tutuvchi yuzma-yuz musobaqa sanaladi.

Tadbir doirasida “KNAUF GIPS” MChJ Markaziy ta'lim bo‘limining Rossiya bo‘yicha bo‘linmasi rahbari Parikova Ye.V. ishtirokida konferensiya o‘tkazildi.

Foto: KNAUF

“Yildan yilga KNAUF tanlovlariga qiziqish ortib bormoqda. Ishtirokchilarning tayyorgarlik darajasida sezilarli o‘sish, mahoratlarini ko‘rsatishga bo‘lgan samimiy urinishlar va jamoaviy ishga hayajon bilan yondashayotganliklarini ko‘rishimiz mumkin. Qurilish sohasida ommaviy urinishlar va yosh mutaxassislarni oqilona rag‘batlantirish orqali yaqin kelajakda yuqori natijalarga erishishimiz mumkin”, - deydi KNAUF Axborot va maslahat markazi rahbari Sanjar Atayev.

Tanlov qatnashchilari yuqori darajadagi nazariy va amaliy tayyorgarlik, kasbiy mahoratlari, mehnatning yuksak madaniyati, kasbiy atamalar bo‘yicha bilimi, zamonaviy qurilish teznologiyalarini amalda qo‘llay olish mahorati, shu jumladan asboblar va materiallardan foydalana olish va mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish ko‘nikmalarini ko‘rsata olishlari lozim.