Jahon | 09:55 / 02.05.2018
53637
2 daqiqa o‘qiladi

Eng yuqori harbiy xarajatlarga ega davlatlar ma'lum qilindi

Foto: Alamy Stock

2017 yil bo‘yicha ma'lumotlarga ko‘ra, jahon bo‘ylab harbiy xarajatlar 1,1 foizga o‘sdi va 1739 mlrd dollarni tashkil etdi, harbiy byudjyetga eng ko‘p pulni esa AQSh sarflamoqda. Bu haqda Stokholm tinchlik muammolarini tadqiq etish xalqaro instituti hisobotida aytiladi.

Ekspertlarning fikricha, harbiy xarajatlarning hozirgi ko‘rsatkichi «sovuq urush» yakunlanganidan beri eng yuqori darajada turibdi. Shu bilan birga, harbiy byudjyetlar 1999 yildan 2011 yilgacha oshib borgan. 2012 yildan 2016 yilga qadar ular deyarli o‘smadi, 2017 yilda biroz yuqorilash ko‘zga tashlandi.

Institut hisob-kitoblariga ko‘ra, harbiy xarajatlar jahon YaIMdan 2,2 foizni tashkil etdi, o‘rtacha bu bir kishiga 230 dollardan. Ekspertlarning ta'kidlashicha, ushbu ko‘rsatkich 1992 yilda yuqori bo‘lgan (3,3 foiz), biroq 2014 yilda 2,1 foizga tushgan.

AQSh harbiy byudjyetga eng ko‘p pul sarflovchi davlatlar reytingida yetakchilik qilmoqda. Mamlakatning jahon xarajatlaridagi ulushi 35 foizga teng bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda Xitoy (taxminan 13 foiz), uchinchi pog‘onada Saudiya Arabistoni (4 foiz), to‘rtinchi o‘ringa esa Rossiya (3,8 foiz) tushib ketdi. Kuchli beshlikka Hindiston yakun yasab bergan (3,7 foiz). Ekspertlarning ta'kidlashicha, yetakchilik qilayotgan besh davlat hissasiga jahon harbiy xarajatlarining taxminan 60 foizi to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid