FQB sobiq direktori Jyeyms Komining fikriça, AQŞ prezidenti Donald Trampning byurodagi iş böyiça köplab salbiy bayonotlari Qöşma Ştatlar xavfsizligiga yomon ta'sir körsatmoqda. Bu haqda u Associated Press’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Komining ma'lum qilişiça, Trampning FQBga köplab ayblovlari, şuningdek uning Oq uy xodimlarini tekşiriş böyiça bergan topşiriği aksariyat insonlar endi byuroni «halol, vakolatli va mustaqil» taşkilot sifatida qabul qilmayotganiga olib keldi. Uning fikriça, jinoyatlarning ba'zi qurbonlari FQB xodimi ularga yordam bera olmaydi, degan xulosaga kelyapti. Şuningdek uning bildirişiça, Tramp taşabbusi bilan ötkazilgan sud jarayonlari orqali ötgan agentlarga jamoatçilik işonçi yöqoldi.
2017 yilning may oyida Tramp Komini FQB direktori lavozimidan böşatdi. Şuningdek, AQŞ prezidenti Komi FQB tarixidagi eng yomon direktor bölgani haqida ma'lum qildi.













