MAK Il-114-100 samolyotlarining tijoriy ekspluatatsiyasini to‘xtatdi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK rivojlanish strategiyasiga muvofiq, aviaparkini zamonaviy flotga ega aviatashuvchi maqomini ta'minlab beruvchi havo kemalari bilan yangilash dasturini amalga oshirmoqda.
MAK axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 1 mayidan boshlab samolyot parkini unifikatsiyalash, parvozlar samaradorligi va rentabelligini oshirish maqsadida aviakompaniya Il-114-100 rusumidagi samolyotlar ekspluatatsiyasini to‘xtatdi.
Milliy aviakompaniyaning Il-114-100 samolyotlarini ekspluatatsiyadan chiqarish tadbirlari rejasiga muvofiq, aviaparkda mavjud bo‘lgan 6ta samolyot sotuvga qo‘yiladi. Il-114-100 samolyoti uchuvchilari MAK tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgan Boeing va A320 samolyotlariga bosqichma-bosqich qayta o‘qitilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Il-114-100 havo kemalaridan mahalliy yo‘nalishlarda foydalanilgan.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Il-114−100 samolyotlaridan voz kechishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:31 / 16.04.2020
«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotlari yuk tashuvchi sifatida qayta jihozlanmoqda
14:52 / 26.11.2019
Havo kodeksiga o‘zgartirish kiritilsa, aviachiptalar narxi kamida 20 foizga arzonlashishi mumkin
17:29 / 11.11.2019
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKdagi tarkibiy o‘zgarishlar yakunlandi
19:55 / 07.11.2019