Vazirlar Mahkamasining 26.04.2018 yildagi 304-son qarori bilan Baxshichilik va dostonchilik san'atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish bo‘yicha 2018–2022 yillarga mo‘ljallangan «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
Ma'lumot uchun: doston – qahramonlar to‘g‘risidagi afsonalar, rivoyatlar yoki tarixiy voqealarga bag‘ishlangan, odatda, she'riy shaklda bo‘ladigan Sharqdagi epik folklor yoki adabiy asar. Baxshi – xalq kuychisi, folklor, shu jumladan dostonlar ijrochisi.
Norma’ning yozishicha, hujjatda, xususan, quyidagilar nazarda tutilgan:
• Mustaqillik bayramining 27 yilligi arafasida respublikada faoliyat yuritayotgan baxshilar ijodini tarannum etadigan «Mustaqillik baxshilari» kitob-albomini chop etish;
• sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan maskanlarda doston va terma ijrochilik san'atini targ‘ib etishga qaratilgan ko‘ngilochar tadbirlar hamda adabiyotlar ko‘rgazmasini tashkil etish;
• mahallalar, madaniyat va aholi dam olish maskanlari, istirohat bog‘larida taniqli baxshi shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish;
• O‘zbekiston xalq baxshilari haqida qisqa ma'lumotlarni to‘plab, ularning portretlarini tayyorlash va 312 ta bolalar musiqa va san'at maktablariga yetkazish;
• taniqli baxshilar ishtirokida dostonlar haqida teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tayyorlab borish va efirga uzatish;
• mazkur ijodiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
• respublika san'ati rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli baxshi-shoirlarning xotira kechalarini tashkil etish;
• xalqaro ko‘rik-tanlov va festivallar, davlat tadbirlari hamda xorij davlatlarida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyat kunlarida baxshi-shoirlarning ishtirokini ta'minlash;
• o‘zbek baxshichilik san'atining taniqli namoyandalariga bag‘ishlangan hujjatli film yaratish.
Madaniyat vazirligiga boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
• har yili Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Termiz shahrida respublikada faoliyat yuritayotgan baxshilarning o‘quv seminarini tashkil etish;
• 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlaridagi bolalar musiqa va san'at maktablarida baxshichilik va dostonchilik yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sinflar ochish hamda ularni o‘quv qo‘llanmalari va adabiyotlari bilan ta'minlash, ushbu maktablarning o‘quv dasturiga va shtat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish;














