O‘zbekiston | 16:56 / 03.05.2018
22467
3 daqiqa o‘qiladi

«Xalqlar do‘stligi» nomi san'at saroyi va metro bekatiga qaytarildi

Foto: Facebook/IPCUzbekistan

2018 yil 3 may kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar bergan.

Sessiyada xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi vakolatiga doir masalalar, jumladan Toshkent shahridagi ba'zi geografik obektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Ma'lumki,  prezident tomonidan 2018 yil 26 aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida hozirda «Istiqlol» san'at saroyi deb nomlanib kelayotgan saroyga, uning old maydoniga hamda joydagi “Bunyodkor” metrosiga  uning avvalgi Xalqlar Do‘stligi nomini qaytarib qo‘yish, shuningdek ikkinchi jahon urushi davrida 14 farzandni o‘z bag‘riga olib, millatimizning bag‘ri kengligini namoyon etib jasorat ko‘rsatgan Shomahmudovlar monumentini joyiga qaytarish hamda adolat va tarixiy haqiqatni qaror toptirish maqsadida, avval Shomahmudovlar nomi bilan yuritilgan ko‘chaga uning nomini qayta tiklash yuzasidan takliflar berilgan edi.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining bugun bo‘lib o‘tgan o‘ttiz oltinchi sessiyasida “Istiqlol” san'at saroyiga uning avvalgi nomi - “Xalqlar Do‘stligi saroyi” nomini berish;

Saroy old maydonini “Xalqlar Do‘stligi maydoni” deb yuritish;

“Bunyodkor” metro bekatini avvalgi - “Xalqlar Do‘stligi metro bekati” deb qayta nomlash;

Shayxontohur tumani, “Obinazir”, “Jarariq” mahallalari hududida joylashgan Toshko‘cha ko‘chasiga, ko‘chaning avvalgi nomi - ikkinchi jahon urushi davrida yuksak insoniy fazilatlarni namoyon etgan Shoahmad Shomahmudov nomini berish;

Davlat rahbarining 2017 yil 24-25 noyabr kunlari Janubiy Koreyaga davlat tashrifi davomida bergan taklifi  hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 fevraldagi yig‘ilish bayoni  asosida Chilonzor tumani hududida joylashgan Yangi Baynalmilal ko‘chasiga Seul ko‘chasi nomini berish  yuzasidan Kengashning tegishli qarori qabul qilinib, ijro uchun yo‘naltirildi.

 

Mavzuga oid