Rossiya va Şarqiy Yevropadagi eng yirik yengil avtomobil işlab çiqaruvçisi hisoblangan “AvtoVAZ” kompaniyasining eng ommabop avtomobillari yoritiş tizimlari endilikda Özbekistonda işlab çiqariladi.

Foto: Özsanoatqurilişbank

Joriy yilning iyul oyidan boşlab Namangan şahridagi “UZCHASYS” qöşma korxonasida Rossiyaning “AvtoVAZ” avtomobil kompaniyasi avtomobillari uçun yoritiş tizimlarini işlab çiqariş yölga qöyiladi.

Jumladan, “Lada Granta FL” avtomobilining old yoritiş çiroği, “Lada Vesta SW/SW Cross”ning nomer yoritiş çiroği, şuningdek, “Lada 2190”, “Lada 2191”, “Lada 8450”, “Lada 1117” va “Lada 1119” avtomobillarining qariyb ön xildagi yoritiş çiroqlari işlab çiqarilib, “AvtoVAZ” korxonalariga yetkazib beriladi.

“Özavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda "Özsanoatqurilişbank"ning xorijiy hamkor banklari mablağlarini jalb qilgan holda amalga oşirilayotgan mazkur loyiha doirasida “UZCHASYS” qöşma korxonasiga “NEOLITE ZKW Lightings Pvt Ltd” (Hindiston) va “Genter Service GmbH” (Germaniya) texnologiyalari örnatiladi. 35 ta yangi iş örni yaratiladi.

Ahamiyatlisi, yangi loyiha doirasida işlab çiqariladigan yuqori qiymatga ega tayyor mahsulotlar töliq eksport qilinib, Özbekiston avtomobil sanoatining xalqaro bozordagi mavqeini yanada mustahkamlanişiga xizmat qiladi.

«Özsanoatqurilişbank» Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida