Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda xavfsizlikni mustahkamlash uchun elektron ID-kartalar joriy etildi
Payshanba kuni Afg‘onistonda shaxsni tasdiqlovchi elektron guvohnomalar (ID-kartalar) milliy tizimi rasmiy ravishda ishga tushirildi. Bu tashabbus afg‘on hukumatining terrorchilar tomonidan ishlatiluvchi shaxsni tasdiqlovchi soxta hujjatlar bilan kurash borasidagi sa'y-harakatlari doirasida amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi Tolo News telekanali.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, prezident Ashraf G‘ani va uning rafiqasi Rula o‘zining shaxsni tasdiqlovchi yangi elektron guvohnomalarini oldi.
«Ushbu tizimni ishga tushirishning asosiy sabablaridan biri dushanba kuni sodir bo‘lgan terrorchilik hujumlaridir. Terrorchilar soxta guvohnomalardan foydalangani ehtimoli juda yuqori. Men uchun eng muhimi - xalqning xavfsizligi», - deya prezidentning so‘zlarini keltirgan telekanal.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
18:25 / 25.05.2026