Jahon | 13:37 / 04.05.2018
10677
2 daqiqa o‘qiladi

Dubay aeroportidagi pasport nazoratiga endi 10 soniya ketadi

Foto: Khaleej Times

Dubay xalqaro aeroportining uchinchi terminalida sayyohlar pasportini dastlabki tekshirish bo‘yicha yangi tizim ishga tushdi.

U hozirgi 3 daqiqadan taxminan 10 soniyagacha qisqardi. Yo‘lovchi haqidagi ma'lumot Dubay amirligining Qochqinlar va xorijliklar ishi bo‘yicha bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus bazaga kelib tushadi, bu chipta xarid qilingandayoq ro‘y beradi va reys jo‘natilishidan 48 soat avval yo‘lovchi shaxsini tekshirish tizimida faollashtiriladi.

Shundan so‘ng sayohatchi maqomi haqidagi barcha ma'lumot migratsiya xizmati zobitlarining ma'lumotlar bazasiga tushadi. Hattoki yo‘lovchi chiptani oxirgi lahzada sotib olsa ham, uning ma'lumotlari tekshiruv tizimida parvozdan bir soat avval paydo bo‘ladi.

Yakunda, yo‘lovchi shaxsining dastlabki tekshiruvidan so‘ng chegarachi pasportga faqat muhr bosadi, aynan shu ish soniyalarni talab qiladi.

Hozircha bu tizimdan Emirates aviakompaniyasi yo‘lovchilari foydalanishi mumkin, biroq, va'da qilinishicha, yil oxiriga qadar tezkor tekshiruv boshqa sayohatchilarni ham qamrab oladi. Shuningdek, u Al Maktum xalqaro aeroportida ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid