Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahmud Abbos Falastinni ozod qilish tashkiloti rahbari etib qayta saylandi
Foto: REUTERS
Falastin prezidenti Mahmud Abbos Falastinni ozod qilish tashkiloti ijroiya qo‘mitasi raisi etib rasman qayta saylandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Abbos Ramallohda to‘rt kun davom etgan Falastin milliy kengashi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha tashkilot ijroiya qo‘mitasi raisi etib qayta tayinlandi. Shuningdek, uchrashuv davomida tashkilotdagi oliy organ hisoblanuvchi qo‘mitaning boshqa a'zolari ham tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Falastin yetakchisi Mahmud Abbos Qo‘shma Shtatlarning Isroildagi elchisini Iordan g‘arbiy sohilidagi yahudiylar turar-joylarini qo‘llab-quvvatlagani uchun «it bolasi» deb atagandi.
Mavzuga oid
17:42 / 07.04.2026
Tinchlik kengashi Hamasdan tez orada qurolsizlanishni talab qilmoqda
21:34 / 01.04.2026
Fransiya prezidenti Falastinning birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
17:00 / 31.03.2026
Isroil parlamenti «terrorizm»da ayblangan falastinliklar uchun o‘lim jazosi kiritdi
09:15 / 24.02.2026