Britaniyaing OAG kompaniyasi tahlilçilari dunyodagi eng serqatnov 20 ta aviayönalişdan iborat reytingni tuzişdi. Unga köra, Singapurdan Kuala-Lumpurga yönaliş eng serqatnov aviayönaliş deb topildi: 2017 yilning fevralidan 2018 yil fevraligaça bu yönaliş böyiça 30,5 mingdan köproq parvoz amalga oşirilgan.

Ma'lum qilinişiça, eng serqatnov 20 ta aviayönalişdan 14 tasi Osiyo böylab ötadi yoki Osiyodan boşqa qit'alarga çöziladi. 2-öringa Hongkongdan Taybeyga yönaliş (yiliga 28,8 mingdan köproq parvoz), 3-öringa Singapurdan Jakartaga yönaliş (23,7 mingdan köproq parvoz) qöyilgan.

Röyxatga köra, Osiyo taşqarisidan ötuvçi 5 ta eng serqatnov yönaliş bor. Bular: Nyu-York (La-Guardiya aeroporti) — Toronto, Dubay — Kuvayt, Dublin — London (Xitrou), Amsterdam — London (Xitrou) va Çikago — Toronto.

Nyu-Yorkning Jon Kennedi nomidagi aeroportidan Londonning Xitrou aeroportigaça yönaliş bu röyxatga kiritilgan yagona uzoq masofali yönaliş bölgan.