Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 70 yilligini nishonlash dasturini tasdiqladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda KUN.UZ’ga davlat rahbari devonidan xabar berishgan.
Dasturni amalga oshirish bilan hukumat komissiyasi shug‘ullanadi. Komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda mas'ul ijrochilarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etishda barcha tomonlama yordam ko‘rsatish va ular o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;
xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda BMT muassasalari bilan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston vakillari faol ishtirokini ta'minlash va boshqalar.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev 2018 yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar munosabati bilan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasiga 100 ming AQSh dollari ajratish haqida ko‘rsatma bergani xabar qilingandi.
O‘zbekiston prezidenti joriy yilda Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumini o‘tkazish, shuningdek, mamlakatda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi idorasini ochish tashabbusi bilan chiqqan.
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025