Şahzoda Garri va uning bölajak rafiqasi Megan Marklning biri-biriga qarab turgan tasviri yangi 5 funt sterlinglik tangada paydo böldi. Tanga juftlikning 19 maydagi töyi munosabati bilan çiqarilgan.
Tanganing dizayneri Jodi Klark 2015 yildan boşlab tangalarda qiroliça Yelizaveta II’ni tasvirlab keladi.
Tanganing oddiy varianti narxi 13 funt sterling (17,6 dollar), kumuşdan tayyorlangani 82,5 funt sterlingni (112 dollar) taşkil qiladi. Oltin tangalar 1890 funt sterlingdan (2597 dollar) taklif qilinmoqda
Şahzoda Garri esdalik tangalarida 2-marta tasvirlanmoqda. 2005 yilda u 21 yoşga tölgani munosabati bilan ham tangada tasvirlangan.
Garri va Marklning töyi britan monarxlarining qarorgohi bölgan Vindzor saroyida bölib ötadi. Töyga 2640 kişi taklif qilingan.

















