Jahon | 02:13 / 05.05.2018
8001
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya o‘z vaqtini Janubiy Koreyaniki bilan birxillashtirdi

Foto: reuters

5 may kuni Shimoliy Koreya o‘z vaqtini Janubiy Koreyaniki bilan birxillashtirdi. 

“Pxenyan vaqti o‘zgartirildi. Natijada Shimol va Janubning standart vaqti birxillashtirildi”, deb aytilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, ushbu harakat Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi tarixiy sammitdan keyin milliy yarashuv jarayonidagi ilk qadam bo‘ldi.  

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan uchrashuv natijalariga ko‘ra mamlakatdagi soat millarini 30 daqiqa oldinga surishini aytgandi. Shu tariqa, endi ikki davlatda bir soat poyasi amal qiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid