Osiyo oʻyinlari futbol turniri yarimfinalidan oʻrin olgan Oʻzbekiston U23 – Yaponiya U23 oʻyini yakunlandi.
Bosh murabbiy Ravshan Haydarov shogirdlari Sardor Bahromovning tezkor golidan keyin oʻyin oxirigacha hisobda oldinda borayotgan edi, ammo 88-daqiqada gol oʻtkazib yubordi. Penaltilar seriyasida esa «Kunchiqar yurt» futbolchilarining qoʻli baland keldi.
Endi Oʻzbekiston U23 jamoasi 3-oktabr kuni uchinchi oʻrin uchun Xitoy U23 bilan kuch sinashadi.
Osiyo oʻyinlari, Aichi-Nagoya 2026
Osaka, 30-sentabr, 1/2 final
Oʻzbekiston U23 - Yaponiya U23 1:1 (pen. 8:9)
Gollar: Sardor Bahromov (8) - Sena Ishibashi (88)
Oʻzbekiston U-23: Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, Dilshod Murtazayev, Gʻiyosjon Rizaqulov, Sardorbek Bahromov, Saydumarxon Saydnurullayev (Nurlan Ibraimov 13), Muhammadali Oʻrinboyev (Ravshan Xayrullayev 66, Muhammadali Reimov, 117), Asilbek Jumayev (Shodiyor Shodiboyev, 86), Azizbek Toʻlqinbekov, Roʻziboy Fayzullayev, Ollabergan Karimov
Yaponiya U-23: Aleksandre Pisano, Keyta Kosugi, Kayto Suchiya, Shuto Nagano, Nelson Ishivatari, Kenshin Yasuda, Yutaka Michivaki, Xisatsugu Ishii, Shusuke Furuya, Soichiro Mori, Sena Ishibashi
















