«Prezident Donald Tramp 2018 yilning 22 may kuni Oq uyda Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inni qabul qiladi. Prezident Tramp va prezident Mun Koreya yarim orolida 27 aprel kungi koreyalararo sammitdan so‘ng vaziyat rivoji bo‘yicha qalin muvofiqlashtiruvni davom ettiradi. Shuningdek, har ikki yetakchi prezident Trampning Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan rejalashtirilayotgan uchrashuvini muhokama qiladi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuv vaqti va joyi muvofiqlashtirib olinganini ma'lum qilgandi.