Bugun, 5 may kuni Rossiyaning o‘nlab shaharlarida muxolifatchi Aleksey Navalniyning tarafdorlari «On nam ne tsar» («U bizga shoh emas») shiori ostida mitinglar uyushtirishmoqda.
Namoyishchilar Rossiya prezidentligiga qayta saylangan Vladimir Putinning inauguratsiya marosimi arafasida ko‘chalarga chiqishdi. Marosim 7 may kuniga belgilangan, shu kundan Putin prezidentligining to‘rtinchi muddati boshlanadi.
Sharqiy hududlardagi shaharlarda boshlangan mitinglar to‘lqini kunning ikkinchi yarmida Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga ham yetib keldi. Mitinglar hukumat bilan kelishilmagan tarzda o‘tkazilmoqda, Novokuznetsk, Chelyabinsk, Krasnoyarsk, Barnaul kabi shaharlarda politsiya o‘nlab kishilarni hibsga oldi.




















