Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek, ba'zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida”gi qarorni qabul qildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Içki işlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oşiriş, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişni ta'minlaşda ularning mas'uliyatini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-son Farmoniga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Şahrisabz şaharlarida xavfsiz turizmni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida” 2017 yil 23 noyabrdagi 939-son va “Nogironligi bölgan şaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida” 2018 yil 7 martdagi 183- son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

1. Özbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

2. Özbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba'zi qarorlari öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi.

3. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda özlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda uşbu qarorga muvofiqlaştiradilar.

4. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklandi.

Özbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan özgartiriş va qöşimçalar

1. Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 1 maydagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bölgan bemorlarni majburiy davolaş uçun ixtisoslaştirilgan davolaş-profilaktika muassasalari töğrisidagi nizomning 8-bandidagi “militsiya” sözi “içki işlar organlari” sözlari bilan almaştirildi.

2. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq tölaş şartlarini tartibga soliş töğrisida” 1994 yil 29 sentabrdagi 490-son qaroriga 2- ilova 1-bandining “g” kiçik bandida:

“hamda hunar-texnika öquv yurtlarida” sözlari “kasb-hunar ta'limi muassasalarida” sözlari bilan almaştirildi;

“maxsus hunar-texnika bilim yurtlari” sözlari “örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari” sözlari bilan almaştirildi;