Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada saylov byulletenida amaldagi prezidentning naq 10 ta surati joylashtirildi
Venesuela milliy saylov kengashi 20 may kuni prezident saylovlarida fuqarolarga beriladigan saylov byulletenining namunasini taqdim qildi.
Byulletenda nomzodlar surati ularni qancha partiya va harakat qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, shuncha marta joylashtirilgan. Hammasi bo‘lib saylovlarda 5 nomzod ishtirok etadi.
Byulletenda amaldagi prezident Nikolas Maduroning surati eng ko‘p joylashtirilgan – 10 ta. Uning ortidan katta farq bilan Enri Falkon kelmoqda, uning 4 ta surati joylashtirilgan. Qolgan nomzodlar – Reynaldo Kixada, Luis Ratti va Xaver Bertuchchi suratlari bittadan joylashtirilgan, chunki ularning nomzodlari faqat bitta partiya tomonidan ilgari surilgan.
Tahlilchilarning fikricha, haqiqiy kurash Maduro va Falkon o‘rtasida boradi. Mamlakatda prezident saylovlari bilan birga mahalliy saylovlar ham bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
00:11 / 28.06.2026
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1400 nafardan oshdi
08:59 / 27.06.2026
Venesueladagi zilzila: qurbonlar soni 920 nafardan oshdi
09:18 / 26.06.2026
Venesueladagi dahshatli zilzila: qurbonlar soni 235 kishiga yetdi, yuzlab binolar vayron bo‘lgan
14:54 / 25.06.2026