Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da'vogarlar e'lon qilindi
Angliya premer-ligasining 2017/18 yilgi mavsumida eng yaxshi futbolchi bo‘lish uchun da'vogarlar ma'lum bo‘ldi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.
EA Sports bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan bu so‘rovnomada 6 nafar futbolchining nomzodi ilgari surilgan. Ular quyidagicha
Kevin De Bryuyne, Rahim Sterling (ikkalasi — «Manchester Siti»), David De Xea («Manchester Yunayted»), Harri Keyn («Tottenhem»), Muhammad Saloh («Liverpul»), Jyeyms Tarkovski («Byornli»).
Futbolchilariga istalgan muxlis YeA Sports rasmiy sayti orqali ovoz berish mumkin. Natijalar kelgusi haftada e'lon qilinadi.