Ikki 19 yoşli avstraliyalik Sidney çekkasidagi Nepin daryosining qurigan hududidan kiçik kenguruni qutqarişdi. Ular mototsiklda ötib ketayotganlarida balçiqda nimadir qimirlayotganini körişdi. Bu suv izlab şu yerga kelib qolgan va böy baravar loyga botgan kiçik kenguru edi. 

Foto: Jyek Donnelli

Ösmirlardan biri - Jyek 30 metrli arqon topib keldi,  ikkinçisi - Nik esa uni beli atrofiga boğlab, jonivorni qutqarişga şoşildi. U möljalga yetgaç, döstiga işora qildi va Jyek ularni botqoqlikdan tortib oldi. 

Foto: Jyek Donnelli

Qirğoqqa çiqqaç, ösmirlar kenguruni Jonivorlarni qutqariş jamoasi - WIRES Australian Wildlife Rescue'ga topşirişdi.

"Agar yana şunday böladigan bölsa, biz yana xuddi şunday yöl tutamiz", - deya işonç bilan ta'kidlaşdi ular.

Foto: 9NEWS

Hozir jonivor öziga kelmoqda: u uzoq vaqt botqoqlikda yotgan va suvsizlik hamda oçlikdan jabrlangan. Qutqaruvçilar uni ehtiyotkorlik bilan iliq suvda yuvintirişdi, tinçlantirişga harakat qilişdi va suv berişdi.

Bugunga kelib kenguru soğlom, biroq qutqaruvçilar xizmati xodimlari miopatiya - muşaklar kasalligidan xavfsiraşmoqda.