Ijtimoiy tarmoqlarda tramvayda öz poyabzalini yeçib, uni boşpanasiz bolaga kiydirayotgan yigitning surati virus kabi keng tarqaldi. Bu 21 yoşli iroqlik muhojir Muhammad As-Samariy bölib çiqdi, deb yozadi Turkiyaning DailySabah naşri.
As-Samariy Qora dengiz böyidagi Samsun şahrida tramvayda ketayotganida poyabzalsiz turgan suriyalik qoçqin bolani köradi. U taşqarida yomğir yoğayotgan bölişiga qaramay, döst-birodarlari köz oldida özining botinkasini yeçib, bolaga beradi.
"Agar yana poyabzalsiz bolani körsam, xuddi şu işni takrorlayman", - dedi As-Samariy "Islas" axborot agentligiga. Mahalliy aholi poyabzal taqdim qilingan bolani topişga harakat qilmoqda.
Mebel dökonida işlovçi As-Samariy 4 yil avval ota-onasi bilan Iroqdan Turkiyaga kelgan.
"Dastlab bola poyabzalni olmadi. Men unga uyim yaqin orada ekani, şu bois poyabzalsiz yetib olişim mumkinligini aytdim. Sovuq kunda oyoq kiyimsiz yoki yupun kiyingan bolalarga qaray olmayman", - deydi Samariy.
U öz suratlari virus kabi tarqalganidan bexabar bölgani, kafeda nonuşta qilayotganida notaniş kimsa kelib, u bilan suratga tuşiş istagini bildirganidan keyingina bundan xabar topganini qöşimça qildi.
"U kişidan nima uçun men bilan bilan suratga tuşmoqçi ekanini söradim va u menga gazetalarni közdan keçirişga çaqirdi. Şundagina ularda özimni suratimni kördim", - deydi u.













