Jahon | 00:45 / 07.05.2018
8588
2 daqiqa o‘qiladi

Nikki Xeyli: "AQSh va KXDR o‘rtasidagi urush xavfi ehtimoldan xoli emas"

Foto: AP

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli yakshanba kuni KXDR bilan urush prezident Donald Tramp ma'muriyatining ehtimoliy xatti-harakat variantlaridan biri bo‘lib qolayotganini ma'lum qildi. 

"Bu ma'muriyat Shimoliy Koreyaga AQShga tahdid qilgan taqdirda, nima bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib qo‘yuvchi pozitsiyani egalladi. Hech kim urush qilgisi yo‘q. Prezident urush tarafdori emas, men ham urushni istamayman. Biroq bu ehtimoldan xoli emas", - dedi u CBS telekompaniyasi muxbirining "AQSh Shimoliy Koreyaga qarshi urush boshlashga tayyormi?" degan savoliga javob berar ekan.

Xeylining ushbu bayonoti Trampning KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvga "muvaffaqiyatli tayyorgarligi" fonida jarang sochdi. Oq uy rahbari juma kuni bu uchrashuvning sanasi va o‘tkazilish joyi muvofiqlashtirilgani va yaqin kunlarda e'lon qilinishini ta'kidladi. 

Bundan avval u Kim Chen In bilan uchrashuv KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi Pxanmunjom chegara punktida bo‘lib o‘tishini yoqlagandi. Shunday bo‘lsa-da, KXDR yetakchisi bilan sammit uchun yana bir joy sifatida Singapurni ham tilgan olgan. 

Ta'kidlash joizki, 27 aprel kuni Shimoliy va Janubiy Koreya prezidentlari Pxanmunjomda bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid