Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarosi avtomobil yukxonasida Qirg‘izistonga kirib olishga urindi
Qirg‘izistondagi «Ak-Kiya- avtodorojnyy» nazorat o‘tkazish punkti chegarachilari qirg‘izistonlik shaxsni qo‘lga olishdi. U qirg‘iz-o‘zbek chegarasi orqali O‘zbekiston fuqarosini noqonuniy tarzda olib o‘tishga uringan.
Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatining jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston fuqarosining Hyundai Starex avtomobili yukxonasi ko‘zdan kechirilganida O‘zbekiston fuqarosi aniqlangan, u pasport nazoratidan o‘tmagan holda Qirg‘iziston hududiga kirishga uringan.
So‘roq chog‘ida ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekiston fuqarosida davlat chegarasini kesib o‘tish uchun hujjatlar bo‘lmagan.
Mavzuga oid
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026