«MegaFon», Gazprombank, «Rostex» va USM Holdings qöşma kompaniya taşkil etişga qaror qildi, u «MF texnologii» (MFT) deb nomlanadi. Bu haqda RBK yozmoqda. Yangi kompaniya raqamli iqtisodiyot sohasiga loyihalar işlab çiqiş bilan şuğullanadi, deb aniqlik kiritgan «Kommersant'».
Naşr ma'lumotiga köra, «MegaFon» MFTga Mail.ru Group’ning öziga tegişli töplami qismini beradi – A toifadagi 11,5 mln aksiya, ya'ni milliarder Alişer Usmonovning internet-xoldingidagi 5,23 foiz iqtisodiy hamda 58,87 foiz ovoz beriş imkonini taqdim etuvçi uluşi. Buning evaziga «MegaFon» tarkibidagi Lefbord Investments Ltd yangi kompaniyaning 45 foizini oladi. Gazprombank MFTning 35 foizini, «Rostex» — 11%, USM — 9%ni oladi.
MFT kelişuv davomida 450 mln dollarga baholanişi hisobga olinsa, Gazprombank $157,5 mln, «Rostex» — $49,5 mln, USM — $40,5 mln tölaydi, deb qöşimça qilgan gazeta.
Naşr manbalari ma'lumotiga köra, Mail.ru Group yangi şerikçilik doirasida Gazprombank kredit resurslaridan foydalanişi mumkin böladi va foydalanuvçilarga bank raqamli mahsulotlarini taklif etadi.

















