Agar AQŞ Eron bilan yadroviy bitimni rad etsa, bu Moskvada körib çiqiladigan «juda jiddiy» vaziyatga aylanadi, bunda prezident qaror qabul qiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi vazifasini bajaruvçi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma'lum qildi.
«Albatta, bu juda jiddiy vaziyat böladi, bu holatda masala Moskvada körib çiqiladi, hamda Konstitutsiyaga köra mamlakatimiz taşqi siyosatini belgilaydigan prezident tomonidan qaror qabul qilinadi», - dedi Peskov.
Peskov Putinning yaqinda Fransiya, Germaniya va boşqa davlatlar rahbarlari bilan yaqin aloqalari haqida eslatib, «prezident Qöşma keng kölamli harakatlar rejasini saqlab qoliş lozimligiga yönaltirilgan izçil siyosat olib borayotgani, bu kvo-maqomini bundan keyin ham qöllab-quvvatlaş uçun yagona asosligini» ta'kidladi. «Şuningdek, sizlar Rossiya tomonining bu kelişuvlarni buzişga qaratilgan qandaydir harakatlar yomon oqibatlari böyiça pozitsiyasidan yaxşi xabardorsiz», - deya qöşimça qilib ötdi Kreml vakili.
Uning aniqlik kiritişiça, gap «manfaatdor davlatlar örtasida Eron yadro dosesi va tarqatmaslik mavzusi böyiça takrorlanmaydigan kelişuvlar tizimi kabi nozik narsa yöq bölib ketişiga aloqador yomon oqibatlar» haqida bormoqda. Peskovning bildirişiça, Rossiya tomonining bu masala böyiça pozitsiyasi «Yevropa rahbarlari siyosatiga mos keladi, ular ham bu muhim hujjat yöq bölib ketişini xohlaşmayapti».
Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson AQŞning yadro kelişuvi böyiça qadamlaridan xavotirda ekani xabar qilingandi.

















