Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson AQŞning Eron bilan yadro kelişuvidan çiqişi ehtimoliga izoh berdi. U bu haqda MSNBC telekanaliga bergan intervyusida aytib ötgan.
«Men hamma bu kelişuv tufayli taşvişda ekanini yaxşi tuşunaman. Albatta, ular haq, kelişuv ideal holatdan ança uzoq, biroq, bu bizda bor bölgan variantlarning eng yaxşisi», - deya ta'kidlab ötdi Jonson.
Uning umid bildirişiça, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya AQŞ prezidenti Donald Trampni yadro kelişuvini hozirgi körinişda saqlab qolişga köndira oladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Boris Jonson Eron yadro dasturi böyiça kelişuvdan voz keçiş xato bölişi haqida ma'lum qilgandi.

















